Toshkentda o‘ziga xos professional boks kechasi tashkil qilinadi

  • 03.12.2019 12:28
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston professional boks federatsiyasi tomonidan 15 dekabr kuni jang kechasi tashkil qilinadi. Noyabr oyiga belgilangan ushbu boks oqshomi ba’zi sabablarga ko‘ra, qoldirilgan edi. Barcha tashkiliy masalalar ijobiy hal qilinganidan so‘ng, mazkur sanada Toshkentda joylashgan JAR sport majmuida o‘ziga xos professional boks  oqshomi bo‘lib o‘tishi rejalashtirildi. Ushbu turnirda asosan yurtimizda faoliyat yuritayotgan charmqo‘lqop ustalari o‘z reyting janglarini o‘tkazishi ko‘zda tutilgan. Yana ba’zi yangiliklar bo‘lib qolish ehtimoli bor. Bu borada muntazam xabardor qilib boramiz. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!