Toshkentdagi boks oqshomining dastlabki jangi yakunlandi

  • 29 may, 2021, 20:05
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, bugun O‘zbekiston professional boks federatsiyasi hamda SAFPRO promouterlik kompaniyasi hamkorligida o‘ziga xos boks kechasi tashkil qilinmoqda. 

Tecno

Mazkur kechadan 8 ta jang kechasi o‘rin olgan va markaziy to‘qnashuvida WBC mintaqaviy kamari uchun hamyurtimiz Islom Pirmanov ozarbayjonlik Rauf Agaevga qarshi ringga ko‘tariladi. Shuningdek, bir nechta reyting janglari ham o‘rin olgandi. 

Ularning dastlabkisida 61,2 kg vazn toifasida andijonlik Egamberdi Nuriddinov hamda namanganlik Temur Dexqonov o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. 4 raunddan iborat reyting jangida bahs yuritgan har ikki charmqo‘lqop ustalari muxlislarni aslo zeriktirib qo‘ymadi. Qiziqarli va shiddatli tarzda bo‘lib o‘tgan ushbu jangda durang qayd etildi.

Bugungi jang kechasidan yana 7 tajang o‘rin olgan. Shunday ekan bizni kuzatishda davom eting!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!