Toshkentning OChL guruh bosqich o‘yinlariga mezbonlik qilish imkoniyati qanday?

  • 1 may, 2021, 22:26
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Taniqli mutaxassis Alisher Nikimbaev Toshkent OChL sharq mintaqasi guruh bosqich o‘yinlariga mezbonlik qilishi mumkinligi borasida ma’lumot berdi. Ushbu xabarga PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jaev telegramdagi sahifasida poytaxtning bu boradagi imkoniyatlari xususida to‘xtalib o‘tdi.

Tecno

- Chempionlar ligasi sharq mintaqasi jamoalarining markazlashgan musobaqasiga Toshkent mezbonlik qilishi mumkinligi borasida xabar chiqdi.

Bu masalani bir necha haftadan buyon muhokama qilamiz. Unga ko‘ra, biz faqatgina bitta guruh uchrashuvlarini qabul qilishimiz mumkin. Shunda ham o‘yinlar "Lokomotiv", "Bunyodkor" va "Jar" stadionlarida o‘tsa. Chunki "Paxtakor" va "AGMK" Chempionlar ligasida o‘ynadi, ularning qoldirilgan uchrashuvlari bor. Yuqoridagi uch stadion variantida esa faqatgina "Bunyodkor" — "Qizilqum" o‘yini ketma-ketligini almashtirsak bo‘ldi. Ya’ni, birinchi uchrashuv Navoiyda o‘tadi, keyin "Qizilqum" kuzda Toshkentga keladi.

Biroq bunga jamoalar — "Lokomotiv", "Bunyodkor", "Olimpik" ham rozi bo‘lishi kerak. Bir tarafdan ular stadionlar uchun pul ishlab oladi. Qolaversa, mehmonxonalarimiz ham katta delegatsiyani qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Mutaxassislarimiz uchun xalqaro tajriba tayyor. Ammo ikki guruh bizni qiynab qo‘yadi. Chunki o‘yinlardan tashqari mashg‘ulotlar haqida ham o‘ylash lozim. Misol uchun "Jar" stadioni yoritish tizimi hozir talab darajasida emas, "Olimpik" klubi projektorlarni 1 iyulga qadar to‘g‘rilashi haqida ma’lumot bergan.

Bundan tashqari uchrashuvlar translyatsiyasi masalasini ham puxta o‘ylash kerak bo‘ladi. Ikkita guruh uchrashuvlarini translyatsiya qilish qiyin masala. O‘zimizning Superliga tashqarida qolib ketishidan manfaatdor emasmiz. Chunki bizning ham homiylar bilan kelishuvlarimiz bor. Bunda OFK translyatsiya texnikasini O‘zbekistonga alohida olib kiradimi yoki MTRK, UzReport kabi kanallarga suyanadimi, bizda ma’lumot yo‘q.

Aslida biz Chempionlar ligasining o‘zimizning klublar ishtirok etmaydigan musobaqasidan ko‘ra, o‘z klublarimiz ishtirok etadiganini qabul qilganimiz yaxshi edi. Ammo "Paxtakor" mezbonlikni istamadi. Mezbonlikni istagan "Nasaf" varianti esa OFK tomonidan maqbul ko‘rilmadi, OFK kubogi Tojikistonga berildi, - dedi Diyor Imomxo‘jaev. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
01/05/2021 23:36
АВВАЛГИ ҲОЛАТИГА ҚАЙТАРСА ЯХШИ ЭДИ. УЙ САФАР ҚИЛИБ. ҲОЗИР ҲАММАСИНИ АТТИ ҚИЛИБ ТАШЛАДИ ПАНДЕМИЯ ДЕБ ОФК.
ДИЁРНИ ФИКРИ ҚИЗИҚ ҲА ПАХТАКОР ЎЗИМИЗДА ЎТКАЗИШНИ ҲОҲЛАМАДИ,
НАСАФ ҲОҲЛАДИ Ю ОФК ҲОҲЛАМАДИ.... ҚИЗИҚ НИМАГА ШУНДАЙ ЭКАН А.