"Totenxem" 65 million funtga yangi hujumchi sotib olmoqda

  • 9 avgust, 2024, 21:13
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Tottexem" bu yozda yangi hujumchini o‘z tarkibiga qo‘shib olishni maqsad qilgandi. Klub "Bornmut" a’zosi Dominik Solankeni sotib olishga yaqin kelmoqda, deya xabar berdi insayder Fabritsio Romano. 

Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar kelishuvga erishdi. Ushbu transfer uchun "shporlar" 65 million funt sterling (75 million evro) sarflaydi va futbolchi bilan 2030 yilgacha amal qiladigan shartnoma imzolaydi. 

Solanke 2021 yili "Liverpul"dan "Bornmut"ga 21 million evro evaziga kelib qo‘shilgan. U yakuniga etgan mavsum jamoasi tarkibida 42 ta o‘yinda maydonga tushib, 25 ta golda ishtirok etdi. 

Shuningdek, Dominik "Chelsi" akademiyasida tahsil olgan bo‘lib, 2017 yili "aristokratlar" safini tark etgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!