"Tottenxem" - "Chelsi" uchrashuvi oldidan muxlislarning fikr va taxminlari!

  • 22 dekabr, 2019, 18:24
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Angliya prem-ligasining 18-turidan o‘rin olgan "Tottenxem" va "Chelsi" o‘rtasidagi qarama-qarshilik bo‘lib o‘tadi. Qiziqarli kechishi kutilayotgan bellashuv oldidan muxlislar fikrlari bilan qiziqdik va ularning ayrimlarini fikrlarini e’tiboringizga havola etamiz.

Tecno

 

Nurmatov Bobur (Toshkent shahri, Yunusobod tumani) - "Makro" supermarket hodimi

 - Ochig‘i, menga Mourinoning uslubi yoqmaydi. Shuning uchun "Tottenxem"ning g‘alaba qozonishiga oshiq emasman. Umuman olganda, Mourino "Chelsi"da ham ishlagan va bu jamoaga ham unchalik xushim yo‘q. Bu uchrashuvda durang natija bo‘lsa ma’qulroq bo‘lardi.

 

 

Shuhrat Rustamovich (Toshkent viloyati, Parkent shahri) - o‘quvchi

 - Menimcha, "Chelsi"da Mourino ishlagan va juda yaxshi o‘rganib chiqqan. Shu nuqtai nazardan ham "Tottenxem"ning imkoniyatlarini yuqoriroq baholayman. "Tottenxem" 3:2 hisobida g‘alaba qozonsa kerak.

 

Javohir Barotov (Qashqadaryo viloyati, chiroqchi tumani) - chorvachilik

 - "Tottenxem" 2:1 hisobida g‘alaba qozonadi deb o‘ylayman. Chunki, Mourino kelganidan buyon "Tottenxem" yaxshi o‘yin ko‘rsatyapti. "Chelsi"da biroz pasayish bor. Shuning uchun, hozir "Chelsi" o‘yini yaxshi emas. Shu omillardan kelib chiqib, "Tottenxem"ning imkoniyati yuqoriroq ko‘rinmoqda.

 

Bobur Saburbaev (Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani) - o‘quvchi

 - O‘yin bir xil tempda davom etadi. "Tottenxem" birinchi golni uradi va sekin "Chelsi" jonlanib, tanaffusga durang bilann chiqib ketadi. 2-bo‘lim boshlanishi bilan "Chelsi" gol uradi va 2-taym o‘rtalariga kelib, 3-golni uradi va to‘pni nazorat qilib yuradi. Shu tariqa, "Chelsi" 3:1 hisobi bilan g‘alabaga erishadi.

 

Bahodir Karimov (Toshkent shahri, Olmazor tumani) - tadbirkor

 - Mening taxminimcha, bellashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlanadi. Mourino kuchli mutaxassis, ammo bu tomondan, Lempard ham bo‘sh kelmaydi. Umuman olganda, menimcha, tengma-teng o‘yin bo‘ladi.

 

Sirojiddin Mo‘minov (Andijon viloyati, Xo‘jaobod tumani) - talaba

 - "Tottenxem"da ishtiyoq yuqoridek tuyulmoqda. "Chelsi"da esa aksincha, bu avvalgi "Chelsi" emas. Ammo Lempard futbolchi sifatida aqlli edi va murabbiy sifatida ham shunday. Uchrashuv haqiqatdan ham qiziqarli kechsa kerak. Osiyolik Sonning o‘yinlari shunchaki ajoyib! Uni bellashuvlarini ko‘rib, zavq olayapman. O‘yinning natijasi qanday ko‘rinish olishini taxmin qilish qiyin, ammo gollarga boy bo‘lishi va "Tottenxem"ning g‘alabaga erishishini kutayapman.

 

Jamshid Abidov (Toshkent shahri, Olmazor tumani) - tadbirkor

 - Murosasiz va qiziqarli o‘yin kechadi. Uchrashuvda "Tottenxem" qiyinchilik bilan g‘alabaga erishadi. taxminimcha, 2:1 hisobida Mourino shogirdlari ustun keladi.

 

Abdurahmon Botirov (Toshkent shahri, Olmazor tumani) - tadbirkor 

- "Tottenxem" 2:1 hisobi bilan g‘alaba qozonadi. Son Xyon min yaxshi o‘yin ko‘rsatadi va dublga erishadi. "Chelsi" ham kuchli jamoa, ammo bugun mag‘lubiyatga uchraydi.

Jalol Ahmedov (Jizzax, Forish) – talaba

 - "Tottenxem"ning g‘alaba qozonishiga "Chelsi" muxlislaridan boshqa hech kim shubha qilmasa kerak. Shu qatorda, men ham Mourino ustozlik qilayotgan jamoaning g‘alabasiga ishonayapman. Tarkib ham aslida juda kuchli. ChLda "Bavariya"ga, APLda MYuga yutqazib qo‘yganiga hamon ishonishim qiyin bo‘lmoqda. Sport mana shunday o‘yinlari bilan ham qiziq! Bugun esa "Tottenxem" "Chelsi"ni kamida 2 ta to‘p farqi bilan mag‘lub eta oladi. Son gol urishini ham qo‘shimcha qilib qo‘yamiz.

Eslatib o‘tamiz, "Tottenxem" va "Chelsi" jamoalari o‘rtasidagi bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Шерзод Корабоев
22/12/2019 19:38
Тотенхем галабасига купрок ишонаман 2-1
&
<[)@\/®()|\|>
23/12/2019 00:27
Tottenham hech qachon chelsiga yetolmaydi va hech qachon chelsidek bo'lolmaydi.
&
<[)@\/®()|\|>
23/12/2019 00:21
Tottenham baletwiklariga Lampard va chelsidan bir juft shapaloq qabul qiling
Shuhrat Xomidov
22/12/2019 22:01
To'g'ri, Chelsea yaxshi o'yin ko'rsatayotgan bolishi mumkin, ammo Tottenxemda yangi g'alabalarga chanqoq murabbiy va futbolchilar bor. Men Tottenxem yutadi deb o'ylayman.