"Tottenxem" 14 yildan buyon bunday ahvolga tushmagan edi

  • 29 may, 2023, 10:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Tottenxem” so‘nggi 14 yil ichida ilk bor evrokuboklarda qatnasha olmaydi.

Tecno

Premer-liganing so‘nggi turida “shporlar” safarda “Lids”ni mag‘lub etdi (4:1), ammo bu natija jamoaga turnir jadvalida 8-o‘rindan yuqorilashga yordam bermadi. “Tottenxem” UEFA Konferentsiyalar ligasiga yo‘llanma olgan “Aston Villa”dan 1 ochko ortda qolib ketdi.

Chempionatdagi 8-o‘rin “Tottenxem”ning 2008/09 yilgi mavsumdan keyingi eng yomon natijasidir.

Eslatib o‘tamiz, keyingi mavsumda APLdan evrokuboklarda “Manchester Siti”, “Arsenal”, “Manchester Yunayted” va “Nyukasl” Chempionlar ligasiga yo‘l olgan, “Liverpul” va “Brayton” Evropa Ligasiga yo‘l olgan hamda “Aston Villa” Konferentsiyalar ligasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!