"Tottenxem" afsonasi Mourinoning murabbiylar shtabida ish boshladi

  • 6 avgust, 2020, 21:23
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Tottenxem" klubi afsonasi Ledli King jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinoning shtabida ish boshladi.

Tecno

“Yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirayotgan bir paytda Ledlini jamoada ko‘rishdan mamnunman. U klub bilan o‘ziga xos munosabatga ega va muxlislar uning futbolchi sifatida qilgan ishini yuqori baholaydilar”, - deydi portugaliyalik mutaxassis.

King “Tottenxem” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U “shporlar” safida 1999-2012 yillarda to‘p surgan. E’tiborlisi, u faoliyati davomida biror marta ham qizil kartochka olmagan.

“Tottenxem” o‘tgan mavsum APLda 6-o‘rinni egalladi va Evropa ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!