"Tottenxem" asosiy futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi

  • 21 iyul, 2020, 15:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Tottenxem" klubi o‘zining rasmiy saytida yarim himoyachi Erik Dayer bilan shartnomani uzaytirganini rasman e’lon qildi.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 26 yoshli angliyalik futbolchi “shporlar” safida 2024 yilgacha qoladigan bo‘ldi. Ular o‘rtasidagi avvalgi kelishuv esa 2021 yilga qadar tuzilgan edi.

Ma’lumot uchun, Dayer “Tottenxem” safida 2014 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida 239 ta o‘yinda maydonga tushdi va 11 ta gol hamda 11 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!