
“Tottenxem” bir oy ichida uchta futbolchi oladi
“Tottenxem” bosh murabbiyi Ange Postekoglu klub rahbariyatidan tarkibni to‘liq shakllantirish uchun yana uchta pozitsiyaga yangi ijrochi olishni so‘radi.
Jamoada jarohatlanganlarning ko‘pligi yuqori o‘rinlar uchun kurashish imkonini bermayapti.
The Telegraph nashrining ta’kidlashicha, Ange Postekoglu birinchi navbatda himoya markazini mustahkamlash kerak, deb hisoblamoqda. Hozir bu pozitsiyada asli qanot himoyachisi bo‘lgan Ben Devis o‘ynashiga to‘g‘ri kelyapti.
Bosh murabbiy ro‘yxatida ikki markaziy himoyachi – “Nitstsa” vakili Jan-Kler Todibo va “Jenoa” o‘yinchisi Radu Dregushin bor.
Shuningdek, “Tottenxem” uchinchi futbolchi sifatida yarim himoyachi olib kelmoqchi. Bu pozitsiyaga ilgari “Seltik”da Ange Postekoglu qo‘l ostida o‘ynagan Jota tanlangan. Jota hozir “Al-Ittihod”da to‘p tepyapti. Bu yarim himoyachiga Saudiya Arabistoni unchalik mos keladi va u imkon bo‘lishiga Evropaga qaytmoqchi.
Fikrlar