
"Tottenxem" Chempionlar ligasiga chiqish imkoniyatini yo‘qqa chiqardi
APLning 37-turida "Tottenxem" "Manchester Siti"ni qabul qilib, 0:2 hisobida engildi. O‘yinda Xoland dubl qilib, jamoasiga muhim g‘alabani taqdim etdi. Ammo "shporlar" uchun ushbu mag‘lubiyat qimmatga tushdi.
Gap shundaki, EChL yo‘llanmasi uchun kurashayotgan londonliklar "Aston Villa"ga imkoniyatga boy berdi. Unai Emeri shogirdlarining ochkolari soni 68 ta, "Tottenxem" 63 ochko to‘pladi va keyingi turda yutan taqdirda ham birmingemliklarga eta olmaydi.
Mavsumni juda yaxshi boshlagan "shporlar" jarohatlar sabab, Ko‘plab keraksiz ochkolarni yo‘qotishdi va 5-o‘rin bilan kifoyalanadigan bo‘lmoqda.
"Tottenxem" bu mavsumni EChLsiz o‘tkazgandi. O‘tgan yili esa pley-offda "Milan" jamoani turnirdan chiqarib yuborgan.
Fikrlar