
"Tottenxem" Eriksenni qanchaga sotmoqchi?
Londonning "Tottenxem" klubi jamoa xavbeki Kristian Eriksen bilan xayrlashishga tayyor. Ular xatto daniyalik futbolchining transfer narxini ham belgilab qo‘yishdi.
Mirror nashri tarqatgan xabarga ko‘ra "shporlar" 27 yoshli futbolchini 55 million evroga baholashmoqda. Unga esa "Manchester Yunayted" asosiy da’vogar sifatida tilga olinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Eriksenning narxi pastroq ekanligining sababi uning “Tottenxem” bilan imzolagan shartnomasi yana bir yildan so‘ng o‘z nihoyasiga etadi.
Fikrlar