"Tottenxem" etakchilari safga qaytishdi, ular EChL finaliga tayyor

  • 23 may, 2019, 12:53
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Tottenxem" klubi himoyachisi Yan Vertongen va hujumchi Harri Keyn jarohatidan sog‘ayib, mashg‘ulotlarni boshlab yubordi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Tecno

Eslatib o‘tamiz, Keyn "Manchester Siti"ga qarshi bo‘lib o‘tgan chorak final bahsida, Vertongen esa "Ayaks"ga qarshi yarim final o‘yinida jarohat olgan edi. Ular katta ehtimol bilan “Liverpul”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan Chempionlar ligasi finalida ishtirok eta olishadi.

Ma’lumot uchun, “Tottenxem” – “Liverpul” bahsi 1 iyun kuni Madridda bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!