
"Tottenxem" etakchisi MLSga yo‘l olshi mumkin
Janubiy Koreya terma jamoasi va "Tottenxem" klubi sardori Son Xin Min faoliyatini AQShda davom ettirishi mumkun.
Malumotlarga qaraganda, 33 yoshli vingerning xizmatlariga "Los Anjeles" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. London klubi xam pul ishlab olish maqsadida Sonni sotishga tayyor. Klublar o‘rtasida muzokaralar davom etmoqda. "Transfermarkt" portalida vingerning narxi 20 million evro etib belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, koreyalik futbolchi yakunlangan mavsumda "shporlar" safida umumiy 46 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol va 12 golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar