
"Tottenxem" Fernandeshni sotib olish fikridan qaytdi. Ular bor e’tibori Dibalaga qaratilgan
Londonning "Tottenxem" klubi mavsumlar oralig‘ida jamoaning hujum chizig‘ini kuchaytirish jiddiy haqida bosh qotirmoqda.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda "shporlar" bu borada "Sporting" klubi hujumkor yarim himoyachisi Brunu Fernandesh bilan muzokaralar o‘tkazishgan. Biroq, lissabonliklar londonliklar taklif qilgan 65 mln evroga rozi bo‘lishmagach, APL klubi ushbu transferdan voz kechgan.
Endi “Tottenxem” bor e’tiborini “Yuventus” hujumchisi Paulo Dibalaga qaratdi. Argentinalik futbol yulduzining transferi esa ularga 70 mln evroga tushishi aytilmoqda.
Ta’kidlash kerakki, klublar bu borada o‘zaro kelishuvga erishishgan. Ammo, Dibala “shporlar” bilan maosh masalasida hamon bir qarorga kela olmayapti.
Fikrlar