"Tottenxem" himoyachisi mavsumni APLning boshqa bir jamoasida yakunlaydi

  • 29.01.2020 15:23
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Sautgempton" klubi "Tottenxem" himoyachisi Kayl Uoker-Pitersni ijaraga olmoqchi. Bu haqda Sky Sports xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra tomonlar allaqachon shartnoma shartlari bo‘yicha kelishuvga erishishgan. Unga ko‘ra “Sautgempton” 22 yoshli futbolchini joriy mavsum yakuniga qadar ijaraga oladi va ularga Uokerni to‘liq sotib olish huquqi berilmaydi.

Ma’lumot uchun, Kayl Uoker-Piters bu mavsum “shporlar” safida bor yo‘g‘i 5 ta o‘yinda maydonga tushdi xolos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!