
"Tottenxem" jiddiy yo‘qotishga uchradi
"Tottenxem" hujumchisi Son Xyon Min Janubiy Koreya terma jamoasi safida jarohat oldi. Bu haqda koreyaliklar rasmiy sahifasi xabar tarqatdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, yarim himoyachi mushagini shikastlab olgan. U mudatidan avval "shporlar" ixtiyoriga qaytadigan bo‘ldi. Hozircha Son qachon safga qaytishi aniq emas.
Eslatib o‘tamiz, "Tottenxem" shanba kuni derbida "Kristal Pelas"ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 16:30da start oladi.
Futbolchi joriy mavsum 3ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol urgan.
Fikrlar