«Tottenxem» «Manchester Siti» hujumchilari bo‘yicha ikki tomonlama bitim ustida ishlamoqda
«Tottenxem» hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida «Manchester Siti» bilan bir yo‘la ikki futbolchi bo‘yicha kelishuv ustida ish olib bormoqda. Insayder Devid Ornshteynning ijtimoiy tarmoqdagi ma’lumotiga ko‘ra, londonliklar vinger Savin’yo va hujumchi Omar Marmushni jamoaga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.
Manbaga ko‘ra, «Tottenxem» 22 yoshli braziliyalik va 27 yoshli misrlik futbolchilarni hujumni yangi bosqichga olib chiqadigan asosiy figuralar sifatida ko‘rmoqda. Hozircha «Manchester Siti» bilan muzokaralar davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, shu kungacha «Tottenxem» tarkibini bir qator yangi futbolchilar bilan to‘ldirdi. Jamoa darvozabon Martin Dubravkani «Börnli»dan, himoyachilar Yan Paul van Xekkeni «Brayton»dan, Markos Senesini «Bornmut»dan, Endryu Robertsonni «Liverpul»dan, shuningdek, yarim himoyachilar Mateush Fernandeshni «Vest Xem»dan va Sandro Tonalini «Nyukasl»dan o‘z safiga qo‘shib olgan.

Fikrlar