“Tottenxem” muxlislari uchun ajoyib yangilik! Xarri Keyn mashg‘ulotlarga qaytdi
Angliyaning “Tottenxem” klubi hujumchisi Xarri Keyn EChL 4-turidan o‘rin olgan “Real”ga qarshi bahs uchun o‘yin oldi mashg‘ulotlarida ishtirok etdi. Bu haqda Angliya nashrlari xabar bermoqda.
Manbalarda yozilishicha, Keyn “qirollik klubi” bilan bo‘ladigan bellashuvda ishtirok etishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, “shporlar” forvardi APL doirasida “Liverpul”ga qarshi uchrashuvda jarohat olgandi.

Fikrlar