"Tottenxem" o‘yindan chiqdi
"Tottenxem" klubi "Barselona" vingeri Filippe Koutinoni sotib olish fikridan qaytdi. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, hozir “shporlar”da braziliyalik yulduzni sotib olish va unga yiliga 15 mln evro maosh to‘lash imkoniyati yo‘q.
27 yoshli Koutino so‘nggi mavsumni “Bavariya” safida ijarada o‘tkazdi va jami 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol hamda 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar