"Tottenxem" o‘zining ilk xaridini e’lon qilmoqchi

  • 11 avgust, 2020, 15:53
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Sautgempton" yarim himoyachisi Per-Emil Xeyberg "Tottenxem" qarorgohida tibbiy ko‘rikdan o‘tdi.

Ingliz matbuotiga ko‘ra, 25 yoshli futbolchining transferi seshanba kuni e’lon qilinishi kutilmoqda. Transfer uchun "shporlar" 15 million evro va turli ko‘rinishdagi bonuslarni to‘laydigan bo‘ldi.

Qarama-qarshi tomonga esa himoyachi Kayl Uoker-Piters 12 million evroga transfer qilinmoqda, ammo qayd etilishicha, futbolchi klub bilan shaxsiy shartnoma bandlari bo‘yicha kelishib olgani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!