
“Tottenxem” Pochettinodan yuz o‘girdi
“Tottenxem” prezidenti Daniel Levi argentinalik mutaxassis Maurisio Pochettinoni bosh murabbiylikka qaytarish variantidan voz kechdi.
Klub rahbariyati italiyalik mutaxassis Antonio Konteni ishdan bo‘shatganidan keyin uning o‘rniga malakali murabbiy qidirmoqda. Ko‘pchilik londonliklar 2019 yili jamoani Chempionlar ligasining finaliga olib chiqqan Pochettino taklif etilishini kutgandi.
“Tottenxem” futbolchilari ham klub rahbariyatidan argentinalik murabbiyni jamoaga qaytarishni so‘ragan.
Daily Star nashrining ma’lum qilishicha, Daniel Levi o‘tmishning qaytarilishini istamagan va jamoaga yangilik olib kirishni rejalashtirmoqda.
Hozircha, “Tottenxem” ro‘yxatida “Byornli”dan Vensan Kompani, “Brentford”dan Tomas Frank va “Feyenoord”dan Arne Slot kabi mutaxassislar bor.
“Bavariya”dan ishdan olingan Yulian Nagelsman esa katta klublarda ishlash ilinjida “Tottenxem”ning taklifini rad etdi.
Fikrlar