
"Tottenxem" prezidenti Konte iste’foga chiqarilganidan so‘ng muxlislarga murojaat qildi
"Tottenxem" klubi prezidenti hisoblanadigan Daniel Levi bosh murabbiy Antonio Konte ishdan bo‘shatilgach, klub muxlislariga murojaat qildi.
"Bizni oldinda APLning 10 o‘yini kutib turibdi. Chempionlar ligasi uchun esa kurash avjida. Hozir xato qilishga haqqimiz yo‘q.
Tushuning, biz birlashishimiz kerak. Klubdagi har bir shaxs oldinga qadam tashlashi kerak. Mavsumni eng yuqori notada yakunlash uchun qo‘limizdan nima kelsa, hammasini qilamiz", - dedi Levi.
Ma’lumot o‘rnida, "shporlar"ning yangi bosh murabbiyi yaqinda "Bavariya"dan iste’foga chiqarilgan Yuliann Nagelsmann bo‘lishi kutilmoqda. Mavsum oxirigacha esa jamoani Kristian Stellini boshqarib turadi.
Fikrlar