
"Tottenxem" prezidenti Pochettinoning yana jamoaga qaytishi mumkinligini inkor etmadi
“Tottenxem” klubi prezidenti Daniel Levi argentinalik mutaxassis Maurisio Pochettinoning bir kun yana jamoaga qaytishi mumkinligini inkor etmoqda.
“Besh yarim yil davomida Maurisio bilan o‘rtamizdagi munosabatlar juda yaqin bo‘lib ketdi. Uning iste’fosini xohlamagandim. O‘sha payt unga bu so‘zlarni aytish men uchun judayam qiyin edi, biroq, u meni tushundi. Uning yana top klublarda ishlashiga ishonaman.
“Tottenxem”ga kelsak, ehtimol Maurisio bir kun kelib yana jamoaga qaytar. Biz unga jamoadagi fantastik faoliyati uchun katta minnatdorchilik bildiramiz”, - deydi Levi.
Eslatib o‘tamiz, Pochettinoning o‘rnini Joze Mourino egalladi.
Fikrlar