
"Tottenxem" so‘nggi daqiqada g‘alabani qo‘ldan chiqardi (video)
Angliya premer-ligasining 3-turida “Tottenxem” o‘z maydonida “Nyukasl”ni qabul qildi.
“Tottenxem Arena”da kechgan bellashuvda kuchlar teng keldi – 1:1. Dastlab, Lukas Moura 25-daqiqada “shporlar”ni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 90-daqiqada Kallum Uilson gol urib jamoasini muqarrar mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar