
"Tottenxem" Sonning maoshini 25 foizga oshirishga tayyor
"Tottenxem" Son Xin Min bilan amaldagi shartnomani uzaytirmoqchi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “shporlar” koreyalik futbolchi uchun yiliga 11,5 million evro maosh va’da qilmoqda. Aytish kerakki, bu uning hozirgi maoshidan 25 foizga ko‘proq deganidir.
"Tottenxem" prezidenti Deniel Levi jamoaning ikki etakchi futbolchisi – Son Xin Min va Xarri Keynni tarkibda saqlab qolishni o‘zining asosiy maqsadi, deb hisoblaydi.
28 yoshli Son joriy mavsum “Tottenxem” safida jami 25 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 16 ta gol hamda 8 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Uning londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar