"Tottenxem" va "Vest Xem" futbolchilari hukumat talablarini buzgani uchun jazolandi

CHERY AUTO

"Tottenxem" futbolchilari Serxio Regilon, Jovanni Lo Chelso va Erik Lamela koronavirus pandemiyasi vaqtida bayramlar bilan bog‘liq hukumat talablarini buzgani uchun klub tomonidan jarimaga tortildi, deb xabar bermoqda Athletic nashri.

Tecno

Oldinroq, Daily Mail gazetasi uchala futbolchi do‘stlari davrasida Rojdestvo bayramini nishonlagani haqida xabar qilgan edi. Mamlakat hukumati Londondagi barcha bayramlarni faqat oila davrasida o‘tkazishga ruxsat bergan.

Ushbu bayramning yana bir ishtirokchisi, "Vest Xem" yarim himoyachisi Manuel Lansini ham "bolg‘alilar" rahbariyati tomonidan jazolandi.

Koronavirus pandemiyasi sabab "Tottenxem" - "Fulxem" va "Everton" - "Manchester Siti" bahslari boshqa muddatga ko‘chirilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!