
"Tottenxem" va "Yuventus" o‘zaro futbolchi almashtirmoqchi
“Yuventus” va “Tottenxem” yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida o‘zaro futbolchi almashtirishi mumkin.
Tuttomercatoweb nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, gap “shporlar”ning o‘ng qanot himoyachisi Serj Ore va “keksa sinora”ning chap qanot himoyachisi Aleks Sandro haqida ketmoqda.
“Tottenxem” o‘ng qanot himoyasiga Timoti Kastanyu («Atalanta») va Toma Menedan (PSJ) birini sotib olmoqchi. Shu sababli londonliklar Oreni turinliklarga berib yuborishga tayyor.
Fikrlar