
“Tottenxem” yana bir transferni amalga oshirishga yaqin turibdi
Londonning “Tottenxem” klubi yana bir futbolchi bilan tarkibni kuchaytirib olishi mumkin. Italiyalik jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, "shporlar" “Midlsbro” bilan himoyachi Jed Spensning transferi borasida kelishuvga erishgan.
Manbaga ko‘ra, angliyalik futbolchi "Tottenxem"ga 18 million evro evaziga o‘tadi. Futbolchi klub bilan 2027 yilgacha amal qiladigan shartnoma borasida kelishib olgan.
"Tottenxem" bosh murabbiyi Antonio Kontening shaxsan o‘zi futbolchini jamoasida ko‘rishni xohlagan.
Spens o‘tgan mavsum "Nottingem Forest"da ijara asosida to‘p tepdi va “o‘rmonchilar”ni Angliya Premer ligasiga ko‘tarilishga katta yordam berdi.
Fikrlar