"Tottenxem" yarim himoyachisi Saudiya klubidan super taklif oldi

  • 20 iyun, 2023, 13:03
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Son Hin Min Saudiya Arabistonidan katta taklif oldi.

Hujumchi Karim Benzema o‘tgan "Al-Ittihod" 30 yoshli yarim himoyachining transferi uchun "Tottenxem"ga 60 million evro taklif qilishga tayyor.

Shaxsiy shartnomaga ko‘ra, Sonning maoshi transfer bo‘lgan taqdirda yiliga 30 million evroni tashkil qiladi. Futbolchiga to‘rt mavsumlik shartnoma taklif qilingan. Biroq, “shporlar” janubiy koreyalik futbolchini sotmoqchi emas.

"Chelsi" yarim himoyachisi Ngolo Kante ham "Al Ittihod"ga o‘tishi kutilmoqda.

Son Xin Min o‘tgan mavsumda premer-liganing 36 o‘yinida 10 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!