
"Tottenxem" yozda "Napoli" futbolchisini sotib olmoqchi
“Napoli” klubi yarim himoyachisi Amadu Diavara “Tottenxem”ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.
La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “shporlar” ayni damda 21 yoshli gvineyalik futbolchining transferi masalasida A Seriya klubi bilan muzokaralar o‘tkazishmoqda.
Ma’lumot uchun, “Napoli” Diavarani 2016 yil “Bolonya”dan 14,5 mln evro evaziga sotib olgan va u bilan 2021 yilga qadar shartnoma imzolagan edi. U joriy mavsum A Seriyada jami 13ta o‘yinda ishtirok etdi.
Fikrlar