
"Tottenxem" "Yuventus"ga Dibala borasida taklif bilan chiqmoqchi
Angliyaning "Tottenxem" klubi "Yuventus" forvardi Paulo Dibala uchun kurashga qo‘shilmoqchi.
"Shporlar" prezidenti Deniel Levi jamoa bosh murabbiyi Maurisio Pochettinoga argentinalik futbochini xarid qilish kerakligini aytib o‘tgan.
25 yoshli futbolchini xarid qilish uchun kamida 80 mln funt sterling to‘lashga to‘g‘ri keladi. Inglizlarning o‘zlari ham, bu transferni amalga oshirish imkoniyatini past baxolashmoqda. Ammo ularning niyat va xohishlari buni amalga oshirish uchun yordam beradi deb hisoblashyapti.
Ma’lumot uchun, bungacha Dibala xizmatlariga MYu va PSJ jamoalari ham qiziqish bildirgan.
Fikrlar