"Tottenxem"da Keynning o‘rnini kim egallaydi?
"Tottenxem"ning e’tibori "Shtutgart" hujumchisi Sasha Kalayjichga tushdi. Eurosport tarqatgan xabarga ko‘ra, “shporlar” ushbu futbolchini yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davridayoq tarkibga qo‘shib olmoqchi.
23 yoshli avstriyalik futbolchi yozda jamoadan ketishi kutilayotgan Xarri Keynning o‘rnini egallashi mumkin. Ammo Sashani qo‘lga kiritish londonliklarga oson bo‘lmaydi. Boisi ushbu futbolchiga "RB Leyptsig" ham xaridor va “shporlar” nemis grandi bilan bo‘ladigan raqobatdja g‘olib chiqishlari kerak.
Transfermarkt portali talqiniga ko‘ra, Kalayjichning ayni damdagi transfer narxi 17 mln evroga baholanmoqda.
Sasha Kalayjich joriy 2020/2021 yilgi mavsumda “Shtutgart” safida 30 ta o‘yinda maydonga tushdi. U ushbu bellashuvlarda o‘z hisobiga 15 ta gol hamda 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.



Fikrlar