“Tottenxem”dan haydalgan Frankka Angliyadan uch jamoa ish taklif qilyapti

  • 17.02.2026 16:28
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Londonning “Tottenxem” klubida bosh murabbiylikdan isteʼfoga chiqarilgan daniyalik mutaxassis Tomas Frank yaqin vaqt ichida Angliya chempionatida yangi tayinlov olishi mumkin.

Unga “Kristal Pэlas”, “Bornmut” va “Fulxэм” klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda. Uch klub vakillari 51 yoshli mutaxassisni kelasi yozda bosh murabbiy lavozimiga asosiy nomzod sifatida ko‘rib chiqayotganini tasdiqladi.

Bu haqida TEAMtalk xabar bermoqda.

“Kristal Pэlas” rahbariyati mavsum yakunlangach, bosh murabbiy Oliver Glasner ketishi haqida maʼlumotga ega. “Bornmut” va “Fulxэм”da ham Andoni Iraola va Marku Silvaning shartnomalari tugayotganligi sababli kadrlar o‘zgarishiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Ayni paytda klublar ichki tekshiruvlar o‘tkazmoqda va Tomas Frank bilan hamkorlik istiqbollarini baholamoqda, uning ish uslubi ehtimoliy ish beruvchilarga maʼqul kelayotgani aytildi.

Eslatib o‘tamiz, 11 fevral kuni “Tottenxem” Tomas Frank bilan shartnoma bekor qilinganini rasmiy eʼlon qilgan. Uning qo‘l ostida jamoa milliy chempionatda ketma-ket sakkizta o‘yinda g‘alaba qozona olmagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!