
"Tottenxem"ning sobiq ustozi: Hech bir murabbiy kuchli futbolchilarsiz muvaffaqiyatga erisha olmaydi. Bu imkonsiz!
Angliyalik mashhur mutaxassis Xarri Rednapp Rossiya terma jamoasini boshqarishga tayyor ekani, ammo ularga murabbiyni almashtirish yordam berolmasligini aytdi.
“Rossiyalik muxlislar Cherchesovning iste’fosini talab qilishmoqda? Agar biror narsa bo‘lsa, men tayyorman! Xohlasangiz ertaga Moskvaga chipta sotib olaman, menga qo‘ng‘iroq qiling. Jiddiy gapiradigan bo‘lsam, murabbiyni iste’foga chiqarish sizlarga yordam bermaydi. Hech bir murabbiy kuchli futbolchilarsiz muvaffaqiyatga erisha olmaydi. Bu imkonsiz. Murabbiylar sehrgar emas, ular mo‘’jiza yaratolmaydilar. Agar o‘yinchilar kerakli darajaga etishmasa, murabbiylar buni tuzata olmaydi. Sizlar kuchli futbolchilar haqida o‘ylashingiz kerak”, - dedi Rednapp.
74 yoshli Rednapp murabbiylik faoliyati davomida "Bornmut", "Vest Xem", "Portsmut", "Sautgempton", "Tottenxem", "Kuinz Park Reynjers" va "Birmingem" klublari hamda Iordaniya terma jamoasini boshqargan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya terma jamoasi “Evro-2020” bahslarida guruh bosqichida qolib ketdi.
Fikrlar