
"Tottenxem"ning yangi ustozi birinchi bo‘lib jamoaga kimni olib kelmoqchi?
"Benfika" klubi hujumchisi Xaris Seferovich shu yozda Angliya premer-ligasiga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Mirror nashrining xabar berishicha, 29 yoshli shveytsariyalik futbolchiga "Tottenxem" qiziqib qolgan. Aniqrog‘i, "shporlar"ning yangi bosh murabbiyi Nunu Eshpiritu Santu jamoaning hujum chizig‘ini kuchaytirmoqchi. Portugaliyalik mutaxassis bu borada birinchi bo‘lib aynan Seferovichni olib kelishni maqsad qilmoqda.
Seferovich o‘tgan mavsum "Benfika" safida jami 48 ta o‘yinda maydonga tushdi. U ushbu uchrashuvlarda o‘z hisobiga 26 ta gol hamda 7 ta assist yozdirib qo‘ydi.
Xarisning ayni damdagi transfer narxi 14 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar