
Transfer oynasi yakunlanishiga 40 daqiqa qoldi. Hozirgacha qanday xaridlar amalga oshirildi?
Transfer oynasi yakunlanishiga bir soatdan kamroq vaqt qoldi. Biz esa hozirgacha amalga oshgan xaridlar bilan tanishtirishda davom etamiz.
"Liverpul" "Yuventus"ning braziliyalik yarim himoyachisi Artur Meloni 2022/23 yilgi mavsum oxirigacha ijaraga oldi.
"Real Sosedad" "Almeriya" hujumchisi Umar Sadik bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi. 25 yoshli nigeriyalik futbolchi bilan 6 yillik shartnoma imzolangan.
OAV xabariga ko‘ra, transfer 20 million evroni tashkil etadi va qo‘shimcha 5 million evro bonus tariqasida beriladi.
Shuningdek, "Barselona" futbolchisi Memfis Depay Kataloniya klubida qoladigan bo‘ldi. Bu haqda futbolchining o‘z shunday deydi:
"Men "Barselona"da qolishga qaror qildim. Klub muvaffaqiyatiga hissa qo‘shishga tayyorman".
Fikrlar