
Transferlarga 300 mln ajratgan MYu rahbarlari Sulsherga jiddiy shart qo‘ydi
“Manchester Yunayted” bosh murabbiy Sulsherga yozda tarkibni kuchaytirish uchun katta mablag‘ ajratiladi.
Ma’lumotlaga qaraganda, klub rahbariyati yangi o‘yinchilar uchun 300 million evro berishga tayyor. Lekin Sulsher bu pulni ishlatishi uchun unga shart qo‘yildi. Unga ko‘ra, “Manchester Yunayted”ning o‘zi ham bir necha futbolchisini sotishi kerak.
Ayni paytda “Manchester Yunayted”ning asosiy transfer mo‘ljali “Borussiya” yulduzi Jeydon Sancho bo‘lib turibdi. Dortmundliklar angliyalik yarim himoyachining transfer summasini sezilarli darajada ko‘tarib, uni 115 million funtga baholamoqda.
Fikrlar