
Trent Aleksander-Arnold APLning eng yaxshi yosh futbolchisi, deb topildi
«Liverpul» himoyachisi Trent Aleksander-Arnold Angliya premer-ligasining 2019/20 yilgi mavsumidagi eng yaxshi yosh futbolchisi, deb topildi.
Aytish kerakki, ushbu sovrin 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilarga beriladi. Trent esa o‘tgan mavsum APLda 14 ta golli uzatmaga mualliflik qildi va bu borada faqatgina «Manchester Siti» xavbeki Kevin de Bryuynedan ortda qoldi xolos.
21 yoshli Aleksander-Arnold ovoz berish jarayonida Jek Grilish («Aston Villa»), Meyson Grinvud, Antoni Marsyal, Markus Reshford (barchasi – «Manchester Yunayted»), Din Xenderson («Sheffild Yunayted»), Meyson Maunt va Kristian Pulishich (ikkalasi – «Chelsi») kabi futbolchilarni ortda qoldirdi.
Ushbu ovoz berish jarayonida APLning 20 ta klubi sardorlari, ekspertlar va muxlislar ishtirok etdi.
Fikrlar