Triatlon bo‘yicha murabbiylarimiz tajribalarini oshirdi

CHERY AUTO

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi va Orient Finans Bank tomonidan o‘tkazilgan mazkur kurchda murabbiylarimiz chet ellik mutaxassislar tomonidan suzish, velosport va yugurish bo‘yicha o‘tgan nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda tajribalarini yanada oshirdilar. 

Tecno

O‘quv kursida ishtirokchilar uch yo‘nalish bo‘yicha metodika va texnika, odatiy xatolar va ularni tuzatish usullarini batafsil o‘rganib chiqish bilan birga, sportchilarni tibbiy nazorat qilish usullarini o‘rgandi.

— Rossiyadagi etakchi mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan dastur juda qiziqarli bo‘ldi. Mening fikrimcha, triatlonda mashg‘ulotlarni o‘tkazish bo‘yicha fikr va tajriba almashish uchun bunday o‘quv seminarlarini o‘tkazish juda muhimdir.

Metodologiya va davriylashtirish tizimi haqida juda muhim mavzular muhokama qilindi. Men o‘zim uchun juda ko‘p narsalarni kashf qildim va pedagogik yondashuvlarimni qayta ko‘rib chiqdim. Umid qilamanki, biz shu bilan to‘xtab qolmaymiz va bunday mutaxassislar bilan tez-tez uchrashib turamiz va fikr almashamiz, –  deydi Respublika o‘smirlar sport maktabi murabbiy-o‘qituvchisi Dmitriy Lozovoy.

 

84e33e01-6790-4a9f-9e64-62676fe4a6dd

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!