Trossard "Arsenal" afsonalarining rekordini takrorladi

  • 12.03.2023 21:11
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Trossard Anri va Robbin van Persining natijasini takrorladi.

Angliya premer-ligasining 27-turidan o‘rin olgan "Arsenal" safarda "Fulxem" bilan kurash olib bordi va 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. 

Qizig‘i shundaki, har uchala golga ham Leandro Trossard assistentlik qildi.Bu orqali belgiyalik vinger London klubi tarixida premer-ligada uchta golli uzatmani amalga oshirgan uchinchi futbolchiga aylandi.

Mazkur natijani "Birmingem"ga qarshi uchrashuvda Terri Anri bajargan bo‘lsa,  Robin van Persi "Xall"ga qarshi bu ishni uddalagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!