
TsSKA sobiq futbolchisi Fayzullaev haqida: "Klub uni sotib to‘g‘ri yo‘l tutdi"
TsSKAning sobiq yarim himoyachisi va teleekspert Aleksandr Grishin TsSKA va O‘zbekiston milliy jamoasining 21 yoshli hujumkor yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullaevning Turkiyaning "Istanbul Bashakshehir" klubiga o‘tishi haqida gapirdi.
"Bir sxemada u zo‘r o‘ynadi, Nikolich davrida esa, o‘z pozitsiyasida o‘ynay olmadi va mavsumni yomon o‘tkazdi. TsSKA juda yaxshi ishladi. Aytishlaricha, futbolchini eng yuqori pik davrida sotish kerak ekan. U uchun 500 ming to‘ladik, 7 millionga sotdik - bu klub uchun ajoyib transfer", - dedi Grishin "Match TV" telekanali efirida.
Avvalroq TsSKA kommunikatsiyalar bo‘yicha direktori Kirill Breydo Abbosbek Fayzullaev ehtimoliy transfer oldidan tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Turkiyaga uchib ketganini ma’lum qilgandi. 2024/2025-yilgi mavsumda futbolchi barcha musobaqalarda "qizil-ko‘klar" safida 39 ta o‘yin o‘tkazib, uchta gol urgan va sakkizta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikrlar