"Tuluza"ga qarshi bahsda PSJning ikki asosiy futbolchisi maydonga tushmaydi

  • 3 fevral, 2023, 20:11
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Parij klubi rasmiy saytining xabar berishicha, hujumchi Neymar va himoyachi Serxio Ramos "Tuluza"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yinda ishtirok eta olmaydi.

Ikkala futbolchi ham individual tarzda shug‘ullanmoqda. Neymar kelasi hafta boshlarida safga qaytadi.

21-turdan keyin parijliklar Liga 1da 51 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. "Tuluza" esa 29 ochko bilan 12-o‘rinda boryapti.

Frantsiya chempionatining 22-turidan o‘rin olgan mazkur bahs ertaga, 4 fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!