Tunis terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi
Tunis futbol federatsiyasi o‘zining Feysbukdagi rasmiy sahifasida Alen Jiressni terma jamoaning bosh murabbiyi sifatida e’lon qildi.
Unga ko‘ra 66 yoshli frantsiyalik mutaxassis ushbu lavozimda Fauzi Benzartining o‘rnini egalladi.
Ta’kidlash kerakki Jiress “qora qit’a” terma jamoalarini boshqarishda ulkan tajribaga ega. U bundan avval Gabon, Senegal va Mali terma jamoalarida faoliyat yuritgan.
Fikrlar