
Turinda Pirloning qizi avariyaga uchradi
"Yuventus" klubi sobiq yarim himoyachisi Andrea Pirloning qizi Anjela yo‘l transport hodisasi ishtirokchisiga aylandi.
Football Italia nashri tarqatgan xabarga qaraganda 13 yoshli qizchani avtomobil urib yubordi. Ushbu avariya Turin shahrida sodir bo‘ldi.
Ma’lumotlarga qaraganda Andela darhol shifoxonaga olib borilgan va ayni damda uning hayoti xavf ostida emas.
Eslatib o‘tamiz, 40 yoshli Pirlo faoliyati davomida "Breshiya", "Inter", "Rejina", "Milan", "Yuventus" va "Nyu-York Siti" kabi jamoalarda to‘p surgan. U 2017 yilda butsalarini mixga ilgan edi.
Fikrlar