Turinliklar “Roma” yulduzini “Chelsi”ning puliga oladi

  • 2 iyul, 2022, 18:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus” rahbariyati “Roma” hujumkor futbolchisi Nikolo Dzanoloni transfer qilish fikridan qaytgani yo‘q.

Tecno

Turinliklar 22 yoshli o‘yinchini olish uchun rimliklarga turli variantlarni taqdim qildi. Biroq tomonlar hali bir to‘xtamga kelgani yo‘q.

“Roma” o‘z etakchilaridan birini 50 million evroga qo‘yib yuborishga tayyor. “Yuventus” boshqa variantlar ish bermaganidan keyin talab qilinayotgan summani to‘lashga majbur bo‘ladi.

“Yuventus” Dzanoloning transferiga pulni “Chelsi”dan olishni mo‘ljallab turibdi. “Aristokratlar” Turin klubida to‘p tepayotgan niderlandiyalik himoyachi Matteys de Ligtni sotib olmoqchi. Agar bu transfer amalga oshsa, Dzanolo uchun ham pul topilgan bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!