
Turk klubi "Napoli" bilan kelisha olmayapti
"Galatasaroy" hamon nigeriyalik xujumchi transferini xal qilolmayapti.
Taniqli insayder Fabritsio Romano bergan xabarga ko‘ra, "Galatasaray" Viktor Osimxen uchun 75 million evrodan voz kechishga tayyor. Turkiya klubi dastlab 40 million evro to‘lab, 2027 yilgacha qolgan miqdordan qutilishni maqsad qilgan. "Napoli" esa ushbu muddatni 1 yilga qisqarishini istaydi. Bundan tashqari, neapolliklar 26 yoshli futbolchining kelajakdagi transferidan xam ulush olishni xohlamoqda. Ikki klub o‘rtasida muzokaralar yakuniy bosqichga yaqinlashyapti.
Malumot uchun, forvard yakuniga etgan mavsumda istanbulliklar safida umumiy 41 o‘yinda maydonga tushib,37 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar