
Turk klubi “Roma” bilan muzokara boshlaydi
“Roma” rahbariyati qishki transferlar davrida bir necha futbolchi, xususan, niderlandiyalik himoyachi Rik Karsdorp bilan xayrlashishga qaror qilgan.
27 yoshli futbolchiga hozirning o‘zidan bir necha da’vogar chiqdi. Ulardan biri Turkiyaning mashhur klubi “Fenerbahche”dir.
Corriere dello Sport nashrining xabar berishicha, turklar tez orada “Roma” mutasaddilari bilan muzokara boshlaydi.
Rim klubi sport direktori Tyagu Pinto bosh murabbiy Joze Mourino bilan kelisha olmay qolgan Rik Karsdorp to‘liq sotib yuborilishini bildirgan.
Karsdorp joriy mavsumda 11 marotaba maydonga tushib, jami 684 daqiqa o‘ynadi. “Roma” unga 10 million evro miqdorida narx belgiladi.
Fikrlar