Turkiya varianti barbod bo‘lgani­dan keyin Saloh boshqa jamoa topdi

  • 31.07.2026 16:54
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Liverpool» bilan xayrlashgan mirslik hujumchi Muhammad Saloҳ Saudiya Arabistonining «Al-Ittiҳod» klubiga o‘tishi arafasida turibdi. Bu haqida Goal nashri xabar berdi.

Manba ma'lumotlariga ko‘ra, misrlik futbolchining «Beshiktoш» bilan muzokaralari moliyaviy shartlar bo‘yicha kelishmovchiliklar sabab to‘xtab qolgan. 

Shundan so‘ng «Al-Ittiҳod» mutasaddilari «Liverpool»ning sobiq to‘purariga aloqaga chiqib, unga yillik 25 million dollar maosh taklif etgan shartnoma yuborgan. 

Xabarga ko‘ra, Saloҳ Saudiya klubiga o‘tishga rozilik bildirgan, hujjatlar imzolanishi esa yaqin kunlarda tashkil etilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, misrlik hujumchi o‘tgan mavsum yakunlangach «Liverpool»ni erkin agent sifatida tark etgan edi. U «Liverpool» tarkibida ikki marta Angliya chempioni bo‘ldi, shuningdek, Chempionlar ligasi, Jahon klublar o‘rtasidagi chempionati va UEFA Superkubogi g‘olibligini qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!