Turkiyada Shahram G‘iyosov ishtirokida shou bo‘lib o‘tdi

  • 14 sentabr, 2019, 23:57
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Bugun, Turkiyaning Antaliya shahrida hamyurtimiz, ajoyib bokschimiz Shahram G‘iyosov ishtirokida o‘ziga hos shou bo‘lib o‘tdi. Tadbirda mahorat darslari, musiqiy chiqishlar o‘rin oldi. Quvonarlisi, turk zaminida bokschimizni juda iliq qarshi olishdi. Qolaversa, yon qo‘shnilarimiz Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston hamda Qozog‘istondan ham muxlislar tashrif buyurganligini ham ko‘rish mumkin edi. Ayniqsa, Qirg‘izistonlik san’atkorlar o‘z chiqishlari bilan barchani xursand qildi. Ular Shahramning haqiqiy ihlosmandi ekanligini bildirishib, yurtdoshimizning keyingi faoliyatiga omadlar tilashdi. O‘zbekcha ashulalar ijro etishlari esa yanada tadbirga fayz berdi.

ammi

Bir so‘z bilan aytganda, barchasi ideal ko‘rinish olgan, tashkilotchilik yuqori saviyada yo‘lga qo‘yilibdi. Mana, bokschilarimizga bo‘lgan ishonch, ushbu taklif o‘zbek boks maktabini horijda ham tan olishlariga yaqqol misol bo‘la oladi. O‘ylaymizki, horij mamlakatlarining sportchilarimizga bo‘lgan qiziqishining boshlanishidir. Umid qilamizki, yaqin yillar mobaynida yurtimizda butunjahon sport olami namoyandalari etishib chiqadi.

Annotatsiya 5

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!