"Turon" klubi "Navbahor"ga qarshi o‘yin oldidan muxlislar uchun ajoyib yangilikni e’lon qildi

  • 19 aprel, 2023, 21:52
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Futbol muxlislari “Turon” - “Navbahor” uchrashuvidan boshlab onlayn chipta xarid qilishlari mumkin bo‘ladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Xabaringiz bor, “Turon” jamoasi 23 aprel kuni Superliganing 7-turi doirasida o‘z maydonida Namanganning “Navbahor” klubini qabul qiladi. Hozirda mazkur uchrashuv uchun kirish chiptalarining onlayn sotuvi @pfc_turonbot elektron manzili orqali davom etmoqda.

Shuningdek, sizga avvaldan ma’lum qilingan barcha xududiy kassalarda ham “Turon” - “Navbahor” uchrashuvi uchun kirish chiptalarini xarid qilishingiz mumkin. Ertadan boshlab ”O‘zbekiston” o‘yingohi kassalarida ham mazkur uchrashuv chiptalari sotuvi boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!